17 Iyul 2021 yil 498

Oltinko‘l tumanida “MAN” rusumli yuk avtomobili “Kobalt” bilan to‘qnashib ketdi  

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 12:45larda Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Sadda MFY hududida haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan B.B. “MAN” rusumli yuk avtomobilini boshqarib kelayotgan vaqtda yo‘l chetida to‘xtab turgan “Kobalt” rusumli avtomobilga to‘qnashib  yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur  yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda extiyotkor bo‘lib harakatlanishlarini va yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech