18 May 2022 yil 296

Profilaktika inspektori lavozimlariga yangi tayinlangan xodimlar uchun bu galgi o‘quv mashg‘ulotlari Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida tashkil etildi

Avval xabar qilinganidek, Andijon viloyati IIB JXX HPBning quyi tizimlariga profilaktika inspektori lavozimlariga yangi qabul qilingan xodimlarni dastlabki o‘qitish mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 

Boshqarma boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 17 may kuni ichki ishlar boshqarmasining Terrorizmga qarshi kurash, Tezkor taʼminot, Ekspert-kriminalistika va Axborot markazi boshliqlari va mutaxassislari tomonidan bevosita ushbu xizmatlarning binolarida mashg‘ulotlar olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash yo'nalishi bo‘yicha hamkorlik asoslari, ekspert-kriminalistika boshqarmasining ish faoliyati, tezkor xizmatlar bilan hamkorlikdagi vazifalari hamda profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar  profilaktikasini amalga oshirishlari davomida huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlardan foydalanish tartibi hakida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, xodimlar Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurishib,  unda isteʼfodagi polkovnik G‘.G‘.Raximov tomonidan Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishtirildilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech