21 May 2020 yil 349

“Sahovat va koʼmak” umumxalq harakati doirasida Marhamat tumanidagi 1000 ta oilaning har biriga 2,5 million soʼmdan moddiy yordam pullari yetkazib berildi

Bugungi sinovli kunlarda yurtdoshlarimiz yakdil bo‘lib, mehr-muruvvat hamda saxovat ko‘rsatish kabi ezgu ishlarga hissa qo‘shmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida ko‘plab ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Xususan, hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan berilgan moliyaviy yordam mablag‘lari yo‘naltirilgan bank kartalari bugun “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati xodimlari, tuman hokimligi vakillari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda, Marhamat tumanidagi 48 ta mahalla fuqalolar yig‘inidan haqiqatdan ham ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan 1000 ta oilaning har biriga 2,5 million so‘mdan, jami 2,5 milliard so‘m yetkazib berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech