9 Iyun 2022 yil 318

Shahrixon tumani IIB boshligʻi kubogi uchun mini futbol musobaqalari boʻlib oʻtdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari kubogi uchun mahallalar yoshlari oʻrtasida uyushtirilgan sportning mini-futbol turi boʻyicha musobaqaning final bosqichi boʻlib oʻtdi. Murosasiz kechgan bahslarda Doʻlan mahallasi yoshlari gʻolib boʻlib, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Oq oltin MFY jamoasi 2-, Sherqoʻrgʻonlik havaskor futbolchilar esa 3-oʻrinni egalladilar.

Gʻoliblarlarga sektor rahbarining diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech