17 May 2022 yil 358

Shahrixon tumani IIB xodimlari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda Shahrixon tumani IIB boshligʻi podpolkovnik A.Islamov oʻz soʻzi bilan uchrashuvni ochib berdi. Xizmat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, ichki ishlar xodimi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish haqida gapirib oʻtdi.

Uchrashuv davomida oilaviy muammo yoki qandaydir kamchiligi bor xodimning kundalik ishi ham yaxshi yurishmasligi toʻgʻrisida soʻz bordi. Shundan kelib chiqib rahbarlar va xodimlarning ota-onalari bilan doimo hamkorlikda ishni kuchaytirish borasida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida shaxsiy tarkib oʻrtasida namunali xizmati bilan xodimlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlar va ularning ota-onalariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalari berildi.

Shuningdek, ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar ham tantanali ravishda topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech