11 May 2022 yil 369

Shaxsiy ov qurollariga ega bo‘lgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi

Andijon viloyati IIB JXX JTSB xodimlari tomonidan o‘qotar quroli bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish maqsadida shahar-tuman IIBlarda ro‘yxatda turuvchi shaxsiy o‘qotar ov qurol egalari bilan profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyuldagi “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RQ 550-sonli Qonuni, 2020 yil 26 dekabrdagi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 810-sonli Qarori mazmun mohiyati, uning ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar berilib, shaxsiy o‘qotar ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolarning yashash joylarida o‘qotar qurollarini xavfsiz saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berildi. Bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech