19 Avgust 2020 yil 665

Tadbirkor murojaati javobsiz qolmadi

Andijon tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari J.Xudoyberdievga Cho‘ngbog‘ich MFYda yashovchi fuqaro Abdurahmonov Mirzabahrom yer olib tadbirkorlik qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Fuqaroning ushbu murojaati 3-sektor rahbari tomonidan o‘rganib chiqilib,  ushbu mahalla hududida joylashgan 10 sotix yer maydoni ajratib berildi. Hozirda  tadbirkor tomonidan mazkur joyda trikotaj binosini qo‘rish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, 3-sektor rahbari J.Xudoyberdiev boshchiligida tadbirkorlar homiyligida Cho‘ngbog‘ich MFYda istiqomat qiluvchi moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatiga  kiritilgan Umarov Yodgorning yashash xonadoni to‘liq yangitdan qurib berilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech