27 Yanvar 2023 yil 225

Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarining hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.B.Ismanovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan hisoboti tinglandi.

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni  oldini olish borasidagi tadbirlar yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu borada, ichki ishlar organlariga ko‘maklashuvchi tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda monitoring qilgan holda o‘rganib borilishi va muhokama qilishini lozimligiga to‘xtalib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech