16 May 2022 yil 290

Xizmatga yangi qabul qilingan profilaktika inspektorlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda

Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik I.B.Ismanov tashabbusi bilan XPBning hududiy bo‘linmalariga profilaktika inspektori lavozimiga xizmatga qabul qilingan yosh xodimlar bilan dastlabki mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Xususan, yosh xodimlarga bevosita joylarning o‘ziga chiqib o‘rgatish amaliyoti joriy qilinib, tegishli sohalarning mutaxassislari jalb etildi. Jumladan, PPX va JTSBning AYAJEBSH REMga, XPBning VEIXYOKMga, viloyat SSBning Sud tibbiy ekspertizasi byurosiga, Andijon shahar IIOFMBning 4-sonli IIBga va “Paxtakor” MFYning huquq-tartibot maskanlariga borilib, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Xizmatlarga taalluqli huquqiy asoslar va ish yo‘nalishlari bo‘yicha birlamchi tushunchalar berildi. O‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech