18 Iyun 2022 yil 317

Xo‘jaobod tumanida "Yoshlar oyligi" doirasida sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi

"Yoshlar oyligi" munosabati bilan "Andijon viloyati hokimi kubogi uchun" viloyatimizning barcha hududlarida start olgan sport musobaqalari hamda ko‘rik-tanlovlar doirasida,

Bugun Xo‘jaobod tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida shahar-tumandan kelgan ishtirokchilar ishtirokida "Qo‘l jangi" musobaqasi o‘tkazildi

Musobaqada tuman IIB boshlig‘i R.Jaloldinov ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlagan holda bevosita xar bir chiqishlarni kuzatib bordi. Yakunda musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar

Xo‘jaobod tumanida "Yoshlar oyligi"doirasida sport musobaqalari, tanlovlar davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech