15 Avgust 2022 yil 195

Xonobod shahar IIB boshligʻi kubogi uchun yoshlar oʻrtasida Street workout sport turi boʻyichi musobaqalar oʻtkazildi

Maʼlumki bugungi kunda sektor rahbarlari tomonidan yoshlarni tashabbus, taklif va murojaatlarini oʻrganish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylarda “Sektor rahbari va yoshlar” ochiq muloqotlari oʻtkazilmoqda. Oʻtgan hafta davomida Xonobod shahar Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻinida tuman IIB rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida yoshlar tomonidan sportning Street workout turi boʻyicha IIB kubogini oʻtkazish tashabbusi bildirilgan edi.

Bugun mazkur taklifi boʻyicha IIB boshligʻi va hududdagi yoshlar yetakchisi hamkorligida musobaqa tashkil etildi. Unda bevosita 3-sektor rahbari, Xonobod shahar IIB boshligʻi F.Maxsudov ishtirok etib musobaqada qatnashayotgan yoshlarga omad tiladilar.

Musobaqa soʻngida gʻoliblar sektor rahbari tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech