14 May 2022 yil 291

Xonobod shahar IIB JQB xodimlari tomonidan qoʻshmachilik bilan shugʻullanib kelayotgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi

2022-yil 27-aprel kuni Xonobod shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi ayol M.M tekin pul topishni koʻzlab 250 ming soʻm pullar evaziga fuqarolar bir nafar erkak M.B va ayol S.Blarga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlab kelayotgani aniqlandi.

Olib borilgan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida M.Mdan xolislar ishtirokida 150 ming soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech