28 Iyun 2022 yil 231

Xonobod shahrida o‘tkazilayotgan “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining II Respublika yoshlar forumi”ning 3-kunida "Jangovar marsh yugurishi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi

"Jangovar marsh yugurishi" shartida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlardan tashkil topgan jamoalardagi yigitlar ishtirok etdi.

Ushbu shartda 2000 metr masofaga to‘liq ekipirovkada yugurish (birinchilikka), yugurishda xavfli vaziyatlarni yengib o‘tish, 100 metr zaharlangan hududda gazga qarshi niqob qiyib yugurish, 2 nafar jarohatlangan safdoshlarni ko‘targan holda 100 metr masofadagi belgilangan marshrutdan olib o‘tish, tepalikka jamoaning barcha aʼzolari bilan birinchi bo‘lib yetib borish va bayroqni tepaga ko‘tarish shartlarini o‘z ichiga oldi.

Qizlar uchun alohida “front orti tibbiy estafeta” sinovlari belgilanib, erishilgan natija umumjamoa bahosiga qo‘shildi.

Shuningdek qizlar o‘rtasida qurollarni to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish sharti bilan bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda har bir jamoalarning qizlari ishtirok etdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech