15 Aprel 2021 yil 624

Jalaquduq tumani 3-sektor hududida “mahallabay” tizimida ish olib borilmoqda

Jalaquduq tumani 3-sektorida "mahallabay" ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, "Buzrukxonto‘ra" “Olmazor” va “Toshloq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida uyma-uy yurgan holda tadbirkorlikka keng jalb qilish hamda ishsizlar bandligini taʼminlash yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Xususan, “Olmazor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jabboraliyev Sardorbekka ajratilgan kredit evaziga o‘z xonadonida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, natijada ushbu mahalladagi 20 ta ishsizlarning bandligini taʼminlagan.

Yuqoridagi mahallalarda ko‘chatchilik, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish, asalarichilik yo‘nalishlari “o‘sish nuqta”lari sifatida tanlab olindi.

Hududlarda mahalladoshlarini ish bilan taʼminlash kabi loyihalar, turmush sharoitini yaxshilashiga, daromad manbayining shakllanishiga, eng asosiysi mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy holatning ijobiy o‘zgarishiga zamin yaratadi. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech